• Tojibar Azizova – Mandin o'rgandi

    Tojibar Azizova

    Mandin o’rgandi

    Ki bulbul nola-fig`on aylamakni mandin o`rgandi, {x2}
    Vujudin sham’i so`zon aylamakni mandin o`rgandi.

    Borib sahroga, qon bag`rimdin izhor ayladim bir kun,
    Falak bag`rin qizil qon aylamakni mandin o`rgandi. {x2}

    Sani izlarman andoqkim, quyosh diydorin izlarda,
    Kezib tun-kun, shitobon aylamakni mandin o`rgandi.

    Qanoat qildi Vaysiy, topti dildin gavhari nazmin,
    Sadaf ham durri g`alton aylamakni mandin o`rgandi.

    Shag`am zulfi parishon aylamakni mandin o`rgandi,
    Ki bulbul nola-fig`on aylamakni mandin o`rgandi.

    Shafaq xun bo`lg`usi, dil, yor mehri gar nihon bo`lsa,
    Samo gulguni domon aylamakni mendin o`rgandi.

    Ko`rub abro` hiloling, jon fido qildim jamolingga,
    Ul oy husniga qurbon aylamakni mendin o`rgandi.

    Fig`onkim, g`am tarog`i xasta ko`nglum resh-resh etti,
    Sanam zulfin parishon aylamakni mendin o`rgandi.

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.