Oqar suv yonida oqib boraman,
Ona, izlaringiz topib boraman. (x2)
Qarshingizga quvnab, chopib boraman,
Ammo bu xayol-da, xayol onajon. (x2)

Bag`ringizda ona, so`zsiz jim turdim,
Barmoqlaringizni ko`zimga surdim. (x2)
Siz-la jannat bog`in aylanib yurdim, dod-ey,
Ammo bu xayol-da, xayol onajon. (x2)

Sog`inib tingladim so`zingizni men,
Hurlarga o`xshatdim o`zingizni men.
Yurakka joyladim ko`zingizni men,
Ammo bu xayol-da, xayol onajon.

Oqar suv xayolim olar shovullab,
Ko`zimdan yoshlarim oqar duvillab.
Izingizni izlab, topmay izillab,
Ortingizdan qoldim yig`lab, onajon. (x2)

Izingizni izlab, topmay izillab, dod-ey,
Ortingizdan qoldim yig`lab, onajon.
Ammo bu xayol-da, xayol onajon…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Onajon
Xonanda:
Tojibar Azizova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 16, 2017