Tojibar Azizova – Siz o'shasiz

Tojibar Azizova

Siz o’shasiz

Siz o`shasiz, o`sha-o`sha nigohlaringiz,
Yondirmoqni ko`zlar hamon cho`g`li qaroqlar.
Yillar o`tdi, lekin bir bor yo`qlamadingiz,
Xayollarim xotiramdan sizni so`roqlar. (x2)

Mana, ko`rishmoq ham bo`larkan nasib,
Sochingizga erta qirov qo`nibdi ajab.
Menga og`ir, sizga ham hech bo`lmabdi oson,
Demak, hamon o`shal dardla yuribsiz yashab.

Siz o`shasiz, o`sha-o`sha nigohlaringiz.

Sochlaringiz meni qo`msab ottirgan tonglar,
Sochlaringiz men aylagan tavoflarimdur.

Sochlaringiz – yozilmagan maktublaringiz,
Sochlaringiz – men bitmagan javoblarimdir. (x2)

Shukur, mana ko`rishmoq ham bo`larkan nasib,
Sochingizga erta qirov qo`nibdi ajab.
Menga og`ir, sizga ham hech bo`lmabdi oson,
Demak, hamon o`shal dardla yuribsiz yashab.

Siz o`sha, siz o`shasiz, nigohlaringiz.

Sochlaringiz – yozilmagan maktublaringiz,
Sochlaringiz – men bitmagan javoblarimdir. {x2}

Siz o`sha-o`shasiz…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Siz o’shasiz
Xonanda:
Tojibar Azizova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 17, 2017