Tojibar Azizova – Vaslini izlab

Tojibar Azizova

Vaslini izlab

Vaslini izlab zor-zor,
Chindan bo`ldim xaridor.
Mani yo`lim poylamang,
Bir o`zida ko`nglim bor. (x2)

Boqmang qaro ko`zimga,
Gullar sochmang izimga. (x2)
Ishoning shu so`zimga –
Bir o`zida ko`nglim bor. (x2)

Vaslini izlab zor-zor,
Chindan bo`ldim xaridor.
Mani yo`lim poylamang-ey,
Bir o`zida ko`nglim bor.

Xayolimda u qolgan,
Mani so`zimni olgan. (x2)
Ishqni boshimga solgan-ey
Bir o`zida ko`nglim bor. (x2)

Vaslini izlab zor-zor,
Chindan bo`ldim xaridor.
Mani yo`lim poylamang-ey,
Bir o`zida ko`nglim bor.

Xayoli bilan mastman,
Ishqingizda kuymasman. (x2)
Boshqa yorni suymasman-ey,
Bir o`zida ko`nglim bor. (x2)

Vaslini izlab zor-zor,
Chindan bo`ldim xaridor.
Mani yo`lim poylamang-ey,
Bir o`zida ko`nglim bor. (x2)

Mani yo`lim poylamang-ey,
Bir o`zida ko`nglim bor.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Vaslini izlab
Xonanda:
Tojibar Azizova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 5, 2017

O'xshash qo'shiqlar matnlari