• Bahormidim, kumush-kumush qormidim,
    Ishq bog`ida yo`qmidim yo bormidim?
    U kelmadi, men ham yo`qlab bormadim,
    Men bundaman, yor andadir – jon anda. {x2}

    Ishqi yo`q, sir ayonimga yetmagan,
    Ki yillarki sarsonimga yetmagan.
    Bu ne hijron fig`onimga yetmagan?
    Men bundaman, yor andadir – jon anda. {x2}

    Men bundaman, yor andadir – jon anda-yey,
    Men bundaman, yor andadir – jon anda.

    Ishqimikim qo`ng`irog`i zor etgan,
    Yodi ila yodimdan bahor o`tgan.
    Kim aytadir ul karvon takror o`tgay?
    Men bundaman, yor andadir – jon anda. {x2}

    Ko`zim eslab, ko`zdan daryolar oqdi,
    Yosh boshimga eski savdolar oqdi.
    Na huj sinov, na huj siyolar oqdi,
    Men bundaman, yor andadir – jon anda. {x2}

    Men bundaman, yor andadir – jon anda-yey,
    Men bundaman, yor andadir – jon anda.

    Mening ko`zim yonib-o`chgay paykonda,
    Mening ko`zim yor yashagan tomonda.
    Mening ko`nglim ishq yaralgan makonda,
    Men bundaman, yor andadir – jon anda. {x2}

    Mening ko`nglim ishq yaralgan makonda,
    Men bundaman, yor andadir – jon anda. {x2}

    Men bundaman, yor andadir – jon anda. {x2}

    Men bundaman, yor andadir – jon anda-yey,
    Men bundaman, yor andadir – jon anda.
    Men bundaman, yor andadir – jon anda, dod,
    Men bundaman, yor andadir – jon anda.

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.