• Yig`lasam gar tun qo`ynida jim,
    O`z holimga qo`yib ber, yo Rab. (x2)
    Boshim qo`yay armon ko`ksiga, dod-ey,
    Ro`paramda turmagil qarab.

    To`yib-to`yib yig`lab olay men,
    Menga to`yib oqarsin tonglar.
    Mayli to`lsin oyning ko`ngli ham,
    Yoshlarimda suzar o`rdaklar.

    Yig`lasam gar tun qo`ynida jim, dod,
    O`z holimga qo`yib ber, yo Rab.

    Azob bo`ldi seni sevmoqlik, jonim,
    Sening bilan yolg`izman biram.
    Sening bilan mushkul kulmoqlik,
    Haqqim yo`qdur yig`lamoqqa ham.

    Azob bo`ldi seni sevmoqlik,
    Sening bilan yolg`izman biram.
    Sening bilan mushkul kulmoqlik,
    Haqqim yo`qdur yig`lamoqqa ham.

    Senga oson, senga baribir,
    Yuraging tosh dedilar, ey tosh.
    Meni bir kun o`ldirur sabr,
    O`zi yig`lab ko`madi bardosh. (x2)

    Yig`lasam gar tun qo`ynida jim, dod,
    O`z holimga qo`yib ber, yo Rab. (x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.