• Oq tulporim bor edi,
    Beklar unga zor edi.
    Ot demasman, u menga
    Ham do’stu ham yor edi.

    Chuh, desam yer changitib,
    Samolarga uchardi.
    Yolin o’psam, tiz cho’kib,
    Kaftimda suv ichardi.

    Yolin o’psam, tiz cho’kib-ey,
    Kaftimda suv ichardi.

    Hovlimizga bir kuni
    Qarindoshlar kelishdi.
    To’y bahona otimdan
    Ayirmoqchi bo’lishdi.

    To’y bahona otimdan-ey
    Ayirmoqchi bo’lishdi.

    Otam: yigitsan, o’g’lim,
    Uylanmasang or, dedi.
    Qiz yarashar quchoqqa,
    Otga nima bor, dedi.

    Qiz yarashar quchoqqa-ey,
    Otga nima bor, dedi.

    Ot oldidan boshlandi
    Chimildiqqa yo’lakcha. (x2)
    Kechir, yorim, na qilay,
    Otga mehrim bo’lakcha. (x2)

    Bormi bizdek oshiqlar,
    Bahorimda kuz yig’lar. (x2)
    Yorni suysam, ot yig’lar,
    Otni suysam, yor yig’lar. (x2)

    Yordan kechdim otni deb,
    Elga bo’ldim ermaklar. (x2)
    Qaydan bilsin ot qadrin
    Ot minmagan erkaklar. (x2)

    Oq tulporim bor edi,
    Beklar unga zor edi.
    Ot demasman, u menga
    Ham do’stu ham yor edi.

    Oq tulporim bor edi… {x3}