• Ulug'bek Holiqov - Agarda sen kulsang

    Ulug'bek Holiqov

    Agarda sen kulsang

    Ko’zlaring kulganda
    Qalbimda quvonch yashar,
    Yuzlaring kulganda
    Sevgimga ishonch oshar.

    Yor sening quvonching uchun
    Borimni beray, mayli, mayli,
    Dilso’zingni aytmasang ham
    Ko’zlaring ko’rayin, mayli.

    Sevgim yonar, qayg’u ketar,
    Ko’zlaring kulganida.

    Agarda sen kulsang,
    Agarda sen kulsang,
    Go’zal chiroying har sanada
    Oshar yanada, ko’zlaring kulganida.

    Agarda sen kulsang,
    Agarda sen kulsang,
    Haroratli ishq bu tanada
    Oshar yanada, ko’zlaring kulganida.
    Kulganida.

    Ko’zlaring kulganda
    Bu yurak o’rnar go’yo,
    Yuzlaring kulganda
    Rang-barang nurli dunyo.

    Yor sening quvonching uchun
    Borimni beray, mayli, mayli,
    Dilso’zingni aytmasang ham
    Ko’zlaring ko’rayin, mayli.

    Sevgim yonar, qayg’u ketar,
    Ko’zlaring kulganida.

    Agarda sen kulsang,
    Agarda sen kulsang,
    Go’zal chiroying har sanada
    Oshar yanada, ko’zlaring kulganida.

    Agarda sen kulsang,
    Agarda sen kulsang,
    Haroratli ishq bu tanada
    Oshar yanada, ko’zlaring kulganida. (x3)
    Kulganida.