• Yangi yil yangi baxt olib kelar,
    Dilni tozalar oppoq qorlar.
    Orzu-umidga ko’ngillar to’lar,
    Har daqiqa o’zgacha o’tar.

    Bir-biriga kulib sevishganlar,
    Turli sovg’a-salomlar berar.
    Uzoq-yaqin do’stlar chin yurakdan
    Yozar tabriklar.

    Yangi, yangi, yangi yil,
    Intizor kutadi butun olam.
    Yangi, yangi, yangi yil,
    Mo’jizaviy, sehrli bayram.

    Yangi, yangi, yangi yil,
    Omad-u baxtli bo’lsin har odam.
    Yangi, yangi yil,
    O’yin-kulgu tinmasin bir dam.

    Qorbobo kutadi bolajonlar,
    She’rlar aytib, qo’shiqlar kuylab.
    Archa atrofida qadrdonlar
    Kelajakka rejalar o’ylar.

    Bir-biriga kulib sevishganlar,
    Turli sovg’a-salomlar berar.
    Uzoq-yaqin do’stlar chin yurakdan
    Yozar tabriklar.

    Yangi, yangi, yangi yil,
    Intizor kutadi butun olam.
    Yangi, yangi, yangi yil,
    Mo’jizaviy, sehrli bayram.

    Yangi, yangi, yangi yil,
    Omad-u baxtli bo’lsin har odam.
    Yangi, yangi yil,
    O’yin-kulgu tinmasin bir dam.

    (Yangi, yangi yil… (x4))

    Yangi, yangi yil, vou-vou, ue-ye,
    Yangi yil, yangi yil, vou-ye-e-e.

    Yangi, yangi, yangi yil,
    Intizor kutadi butun olam.
    Yangi, yangi, yangi yil,
    Mo’jizaviy, sehrli bayram.