Tinmay o`ksinar yurak,
Har on ko`zlarida dard.
Tinmay qiynalar yurak,
Nahot taqdir beshafqat?

Sensiz mazmunsiz hayot,
Meni tark etmasa kerak.
Sarson ojiz yuragim,
Seni izlaydi faqat.

O`sha kuz, o`sha bahor,
Nahot endi qaytmas zinhor?
O`sha tun, o`sha oy,
Qiynar endi, ohlarim zor. (x2)

Yurak ortga chekindi,
Armon dilga bekindi.
Meni tark etgan kuning
Barcha umidlar so`ndi.

O`sha kuz, o`sha bahor,
Nahot endi qaytmas zinhor?
O`sha tun, o`sha oy,
Qiynar endi, ohlarim zor. (x3)

Ushbu qo’shiq matni uchun Shahriyor Toshev (@shaxrickpro)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yurak
Xonanda:
Ulug'bek Holiqov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 6, 2016