Ulug'bek Otajonov - Nozlaringdan

Ulug'bek Otajonov

Nozlaringdan

Meni o’zim aylanayin
Nozli yorim, nozlaringdan,
Nag’malaring, sho’xliklaring,
Dilda borim, nozlaringdan. (x2)

Qadam bosib mayda-mayda,
Uning sari yondirasan,
Umrimni guldek yashnatgan
Gulbahorim, nozlaringdan.

Nozlaringdan, nozlaringdan,
Dilda borim, nozlaringdan.
Qarashlaring, sho’xliklaring,
Dil bahorim, nozlaringdan.

Borligingdan, borligingdan,
Dilda borim, yorligingdan.
Kech-kunduz meni senga,
Seni menga zorligingdan.

Xumoriman so’zlaringni,
Jonim olgan ko’zlaringni,
Kelaverar ko’rgim seni,
Aylanayin borligingdan.

Seni menga nozing yoqar,
Asaldek ovozing yoqar,
Jon oluvchi jilvalaring,
Shohsuvorim, nozlaringdan.

Bedor o’tar zor tunlarim,
Seni qo’msar yana qalbim,
Orom olar xayollarim,
Jonim, menga yorligingdan.

Nozlaringdan, nozlaringdan,
Dilda borim, nozlaringdan.
Qarashlaring, sho’xliklaring,
Dil bahorim, nozlaringdan.
Borligingdan, borligingdan,
Dilda borim, yorligingdan.
Kech-kunduz meni senga,
Seni menga zorligingdan. (x2)

Nozlaringdan…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Nozlaringdan
Xonanda:
Ulug'bek Otajonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 10, 2015