Qalbim navolarin soz etmaydi tor sensiz, {x2}
Sog`inganimda qo`lda yig`lar dutor sensiz,
Yig`lar dutor sensiz. (x2)

Bog`larni kezganimda, dog`ingni chekganimda, {x2}
Ham bog`u, ham chamanlar-ey ko`zlarga tor sensiz,
Ko`zlarga tor sensiz. (x2)

Vasling alangasi ila har yona men kezarman, {x2}
Boshim olib keturg`a yo`q ixtiyor sensiz,
Yo`q ixtiyor sensiz.
Boshim olib ketay desam, yo`q ixtiyor sensiz,
Yo`q ixtiyor sensiz.

Har dam saning xayoling, jonim saning visoling,
Gar kelmasang bu ko`zlar-o yig`laydi zor sensiz.

Yahyo g`azal adosin nomingla bitkazolmay, {x2}
Kelmas ilhom parisi aslida, yor, sensiz,
Aslida, yor, sensiz. (x2)

Sog`inganimda qo`lda yig`lar dutor sensiz,
Yig`lar dutor sensiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Tanovor
Xonanda:
Ulug'bek Otajonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 26, 2016