Agar sizni hayot sinasa,
Orzu, dard bilan siylasa,
Qalbingizni gumon qiynasa,
Sabr qiling, bari o`tadi.

Do`stlaringiz aldab ketsa ham,
Joningizdan o`tib ketsa ham, (x2)
To`g`ri, biroz qiladi alam,
Sabr qiling, bari o`tadi. (x2)

G`am silasa mag`rur boshingiz,
Goh minnatli yegan oshingiz, (x2)
Nomardlarga tushsa ishingiz,
Sabr qiling, bari o`tadi. (x2)

Hayot sinar barcha insonni,
Yengarmikan, deya yolg`onni, (x2)
Unutmaylik Parvardigorni,
Sabr qiling, bari o`tadi. (x2)

Sabr, sabr,
Sabr qiling, bari o`tadi! (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sabr
Xonanda:
Ulug'bek Qodirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 17, 2016