• Ulug'bek Rahmatullayev - 16-17 yoshimda

    Ulug'bek Rahmatullaev

    16-17 yoshimda

    Ayrilib men aqlu hushimdan,
    Qizlarni ko`rardim tushimda.
    Ertakka ishonib yashardim,
    O`n olti, o`n yetti yoshimda.

    Do`stlarim sevganing kim derdi,
    Aytaqol, yurakdan kim urdi?
    Ne qilay, men undan ayrildim,
    O`n olti, o`n yetti yoshimda.

    Ayrilib men aqlu hushimdan,
    Qizlarni ko`rardim tushimda.
    Ertakka ishonib yashardim,
    O`n olti, o`n yetti yoshimda.

    Men sevganim haqida o`ylardim,
    Osmonga dardimni so`ylardim,
    Yomg`irga qo`shiqlar kuylardim,
    O`n olti, o`n yetti yoshimda.

    Bir tushdek o`tdi-da, ketdi-da,
    Yigitlik yoshimiz yetdi-da,
    Hayot ham boshqacha edi-da
    O`n olti, o`n yetti yoshimda. {x2}

    Ayrilib men aqlu hushimdan,
    Qizlarni ko`rardim tushimda.
    Ertakka ishonib yashardim,
    O`n olti, o`n yetti yoshimda.

    Cho`ntakda hech nima yo`q edi,
    Qorinmas, lek ko`nglim to`q edi,
    Olov edim, yonar cho`g` edim,
    O`n olti, o`n yetti yoshimda. {x2}

    Ayrilib men aqlu hushimdan,
    Qizlarni ko`rardim tushimda.
    Ertakka ishonib yashardim,
    O`n olti, o`n yetti yoshimda. (x1+x2)

    Ertakka ishonib yashardim,
    O`n olti, o`n yetti yoshimda.