• Uyg`onganda qizg`aldoqlar
    Anhor bo`yiga shoshaman,
    Shu anhorda qachonlardir
    Seni ilk bor uchratganman.

    Shahlo ko`zlaringga boqib,
    Silagandim sochlaringni.
    Yulduz tunni yoqtirgandek,
    Yoqtirardim nozlaringni.

    Bir kun sendan ayrilishim
    Xayolimga ham kelmasdi,
    Men-ku, jondan ortiq sevdim,
    Sening qalbing sevolmadi. (x2)

    Iforin sochgan gulga qo`nar kapalak,
    O`sha gul sen, oshig`ing men bo`lsam kerak.
    Bahorni yoz alishdi, yopildi gullar,
    Guldan ayrilib yig`laydi kapalaklar.

    Yana qaytdim o`tmishimga,
    Yarim ko`nglim yana siniq.
    Agar bilsang, aytgin anhor,
    Men sevgan qiz kimni sevar?

    Unutgandir balki meni,
    O`zga bilan band o`ylari.
    Yoki meningdek pinhona
    Yig`lab chiqar kechalari.

    Ne azobga duchor bo`ldim,
    Anhordir mening guvohim.
    O`sha qizni uchratganim,
    Sevganim – yolg`iz gunohim. (x2)

    Iforin sochgan gulga qo`nar kapalak,
    O`sha gul sen, oshig`ing men bo`lsam kerak.
    Bahorni yoz alishdi, yopildi gullar,
    Guldan ayrilib yig`laydi kapalaklar. (x2)

    Ushbu qo’shiq matni uchun Bayram O’serovga minnatdorchilik bildiramiz.