Atirgulim, chinnigulim, nozgulim,
Bo`l menga yor, etayin e’zoz gulim. (x2)

Qoldirmagin ikki yo`lning orasida,
Bag`rim yonar ko`zlaringning qorasida. (x2)

Qamashadi ikki ko`zim qaro soching jilosida,
Qamashadi ikki ko`zim go`zal yuzing jilosida.

Atirgulim, chinnigulim, nozgulim,
Bo`l menga yor, etayin e’zoz gulim. (x2)

Sevgingni ber, asragayman jon ostida,
Hatto o`sar muhabbatim qor ostida. (x2)

Seni sevib, seni deydi oshiq yurak,
Jonim kutib tursa hamki dor ostida. (x2)

Atirgulim, chinnigulim, nozgulim,
Bo`l menga yor, etayin e’zoz gulim. (x4)

Atirgulim…

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Atirgulim
Xonanda:
Ulug'bek Rahmatullaev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 14, 2017