• (Mo`jiza izlaysiz mayli, ayol deb,
    Shundoq ham bu hayot o`xshar ertakka.
    Qo`lingizdan kelsa, qo`rg`on bo`ling siz,
    Ayol zor bo`lmasin bir mard erkakka.)

    Mo`jiza yaratmang mayli, ayol deb,
    Shundoq ham bu hayot o`xshar ertakka. (x2)
    Qo`lingizdan kelsa, qo`rg`on bo`ling siz,
    Ayol zor bo`lmasin bir mard erkakka. (x2)

    Ayolning g`ururi tog`dan suv ichar,
    Toshlar tekkan sayin tikroq bo`ladi.
    “Sen oysan” degan kun osmondan tushar,
    Poyingiz o`pgani tuproq bo`ladi. (x2)

    Ayol, ayol, ayol,
    Mo`jiza ayol. (x2)

    “Sensiz yasholmayman” desangiz netar?
    Mayliga, erkalab, ko`nglin olgani. (x2)
    Shu bir og`izgina so`zingiz yetar,
    Uning yuragida mangu qolgani.

    Mo`jiza izlaysiz, beayb Egam,
    Sarg`ayib boradi sabrli yuzi.
    Ba’zida sezmaysiz, ayting, eh nega?
    Axir mo`jizaku ayolning o`zi.

    Ayol, ayol, ayol,
    Mo`jiza ayol. (x4)

    Mo`jiza yaratmang mayli, ayol deb…

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.