• Muhabbat yo`q ekan, vafo yo`q ekan,
    Sho`rlik yuragimga jafo ko`p ekan.
    Endi men qo`limga olib sozimni,
    Ayriliq kuyini chalib ketaman.

    Ichaman taqdirning achchiq sharobin,
    Tinglayman qalbimning unsiz fig`onin.
    Dard bo`lgan sevgida so`ngsiz nigohim,
    Ayriliq kuyini chalib ketaman.

    Nega o`rtamizda sarson muhabbat?
    Axir bo`lmasmidi qalqon muhabbat?
    Nam bosgan ko`zlarda vayron muhabbat,
    Ayriliq kuyini chalib ketaman.

    Tog`lardan sharshara bo`lganman, ammo
    Meni tashlab ketgan irmoqqa daryo.
    Manzilim qay ekan, balki yetarman,
    Balki qaro yerga singib ketarman.

    Ayriliq kuyini chalib ketaman…

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.