• Sevgidan kuygan qo`shiqchi torin silaydi,
    Armon bo`lgan yor haqida qo`shiq kuylaydi.
    Atrofini o`rab oldi turfa odamlar,
    Qo`shig`ida aytilgandi tahmin bu so`zlar:

    Dona, dona, dona, dona,
    Yurakda bir dona,
    Isming xayolimda hamona.
    Dilimdan izlaring o`chmas,
    O`zgalarga ko`ngil uchmas,
    Taqdirimda paydo bo`lgani. (x2)

    Bir necha bahor mavsumi yozga alishgan,
    Kimlar sevdi, kimlar kuydi, kimlar adashgan.
    Yolg`iz qo`shiqchi chalmoqda eski kuyini,
    Unutolmay, unutolmay sevgan yorini.

    Dona, dona, dona, dona,
    Yurakda bir dona,
    Isming xayolimda hamona.
    Dilimdan izlaring o`chmas,
    O`zgalarga ko`ngil uchmas,
    Taqdirimda paydo bo`lgani. (x2+x2)

    Dilimdan izlaring o`chmas,
    O`zgalarga ko`ngil uchmas,
    Taqdirimda paydo bo`lgani.