Ulug'bek Rahmatullayev & Zulhumor Mo'minova - Bugun yonimdasan

Ulug'bek Rahmatullaev

Bugun yonimdasan

Bugun yonimdasan, (bugun yonimdasan)
Ko’zlarimga boq, (turibsan kulib)
Menga ishonginda, (bu ajoyib axir)
Qo’llarimdan tut. (bari betakror)

O’zgalar yolg’onni do’st tutibsan mayli,
(Tashlab ketgim keldi g’arib kunlarni)
So’zlarni unutgan, (men kelgan manzilda)
Bularni unut. (azizim, sen bor)

Ko’zlaring sevaman, sevaveraman,
Nigohing eslayman, unutilar tun.
Hozir yonimdasan, baxtim yonimda,
Hali tugamadi, azizam, bugun.

Bugun yonimdasan, (bugun yonimdasan)
Turibsan kulib, (ko’zlarimga boq)
Bu ajoyib axir, (menga ishonginda)
(Qo’llarimdan tut) Bari betakror.

Tashlab ketgim keldi g’arib kunlarni,
(O’zgalar yolg’onni do’st tutibsan mayli)
Men kelgan manzilda (so’zlarni unutgan)
Azizim, sen bor. (bularni unut)

Ko’zlaring sevaman, sevaveraman,
Nigohing eslayman, unutilar tun.
Hozir yonimdasan, baxtim yonimda,
Hali tugamadi, azizam, bugun.

Nigohing mehrdir, nigohing ovunch,
Meni muhabbat-la etadi bu tun.
Sen yolg’iz emassan, men yolg’iz emas,
Bizniki bo’lgancha qoladi bugun.

Ko’zlaring sevaman, sevaveraman,
Nigohing eslayman, unutilar tun.
Hozir yonimdasan, baxtim yonimda,
Hali tugamadi, azizim, bugun. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bugun yonimdasan
Xonanda:
Ulug'bek Rahmatullaev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 19, 2015