Arimaydi ko’zimdan yosh,
Meva berdi sabru bardosh, (x2)
Borar yo’limni yoritding
Bag’rimdagi mitti quyosh. (x2)

Ko’zlarimning qarosisan,
Yuragimning sadosisan, (x2)
Sen bilmaysan, bolaginam,
Sen dadangning dunyosisan. (x2)

Chaqaloqlar, qo’g’irchoqlar,
Qo’zichoqlar, ovunchoqlar,
Erib bitdi yuragimni
Kemirayotgan ohu vohlar.
Chaqaloqlar, qo’g’irchoqlar,
Qo’zichoqlar, ovunchoqlar,
Erib bitdi yuragimni
Ezayotgan ohu vohlar.

Necha yillar kutdim bolam,
Necha dardlar yutdim bolam, (x2)
Jajji qo’lingdan bir o’psam,
Kulfatlar tark etdi bolam.

Chaqaloqlar, qo’g’irchoqlar,
Qo’zichoqlar, ovunchoqlar,
Erib bitdi yuragimni
Kemirayotgan ohu vohlar.
Chaqaloqlar, qo’g’irchoqlar,
Qo’zichoqlar, ovunchoqlar,
Erib bitdi yuragimni
Ezayotgan ohu vohlar.

Sen ko’z ochib ko’rgan dunyo
Gulga ko’milganday go’yo,
Endi bitdi g’am-anduhlar –
Menga farzand berdi xudo! (x2)

Chaqaloqlar, qo’g’irchoqlar,
Qo’zichoqlar, ovunchoqlar,
Erib bitdi yuragimni
Kemirayotgan ohu vohlar. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Chaqaloqlar
Xonanda:
Ulug'bek Rahmatullaev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 16, 2013