Tunlar go`zal vaslu-visoling orzusida
Bedorman to tongga qadar.
Oy bo`lmish hijolat jamoling yog`dusida
Bedorman to tongga qadar.

Chorlagin, yoningga chorlagin,
Chorlagin, yana takrorlagin.
Kun bo`lib, nur bo`lib porlagin,
Chorlagin, yoningga chorlagin.

Darkor emasdur menga huru-g`ilmonlar ham,
Seni bir-bor ko`rsam yetar.
Dilga sig`maydi o`zga orzu armonlar ham,
Huzuringda tursam yetar.

Chorlagin, yoningga chorlagin,
Chorlagin, yana takrorlagin.
Kun bo`lib, nur bo`lib porlagin,
Chorlagin, yoningga chorlagin.

Xayolimda bugun diydor,
Ortar sog`inchlarim tobora.
O`zgani demasman zinhor,
O`zing man tomonga bir qil nazora.

Sog`indi bu yurak, sen deya dil pora,
Sog`indim, seni deya dil pora.

Chorlagin, yoningga chorlagin…
Kun bo`lib, nur bo`lib porlagin…

Tunlar go`zal vaslu-visoling orzusida…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Chorlagin
Xonanda:
Ulug'bek Rahmatullaev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 2, 2017