• Qandu-novvot jilosi
    Borsa qaynoq choygacha,
    Yorning dimog`i baland,
    Yetib borar oygacha. (x2)

    Qaramaydi, boqmaydi,
    Biror so`zim yoqmaydi.
    Qiz bolaning nozlari,
    Deydilarki to`ygacha.

    Qandu-novvot jilosi
    Borsa qaynoq choygacha.

    Quyosh taftidan erib
    Ketadi qorday qizlar.
    Yurakdanmas quloqdan
    Sevadi go`zal qizlar.

    Biz quyoshmiz, mehr-la
    Eritamiz muzlarni.
    Asrab-avaylab sevmoq
    Kerak go`zal qizlarni-yey.

    Qandu-novvot jilosi
    Borsa qaynoq choygacha,
    Yorning dimog`i baland,
    Yetib borar oygacha.

    Qandu-novvot jilosi
    Borsa qaynoq choygacha,
    Qiz bolaning nozlari,
    Deydilarki to`ygacha.

    Ayolligi, vafosi
    Emas uning xatosi.
    Ayol kishi bir og`iz
    Shirin so`zning gadosi.

    Qo`llariga gul tutib,
    Xato qilsa unutib,
    Ayol – gul, gulni esa
    Avaylab kaftda tuting.

    Qandu-novvot jilosi
    Borsa qaynoq choygacha,
    Yorning dimog`i baland,
    Yetib borar oygacha.

    Qaramaydi, boqmaydi,
    Biror so`zim yoqmaydi.
    Qiz bolaning nozlari,
    Deydilarki to`ygacha.

    Qandu-novvot jilosi
    Borsa qaynoq choygacha. (x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.