Jonim, o mani jonim,
Borliging baxt o’zi men uchun.
Netay, seni sog’insam kunu tun?

Senda, xayolim senda,
Lek o’zing bilmaysan, ayt, nechun?
Keldim yana yoningga ushbu kun.

Qaniydi baxtim yana kulsaydi,
Visoling menga nasib bo’lsaydi,
Qaniydi qalbing shuni bilsaydi
Har lahza.

Qaniydi baxtim yana kulsaydi,
Visoling menga nasib bo’lsaydi,
Qaniydi qalbing shuni sezsaydi
Har lahza.

Jonim, san mani jonim,
Menga ham shunday so’z deginki –
“Ishon, senga” deb “borim, hayotim”.

Jonim, meni har doim
Hech kim sevmaganday sevginki,
Dilda qolmasin aslo armonim.

Qaniydi baxtim yana kulsaydi,
Visoling menga nasib bo’lsaydi,
Qaniydi qalbing shuni bilsaydi
Har lahza.
Qaniydi baxtim yana kulsaydi,
Visoling menga nasib bo’lsaydi,
Qaniydi qalbing shuni sezsaydi
Har lahza. (x2)

Jonim, san mani jonim.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Jonim
Xonanda:
Ulug'bek Rahmatullaev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 17, 2014