Ko’rmadim hech bir chamanda
Sen kabi ra’noni man,
Zulfi tol-tol, so’zlari bol,
Ko’zlari shahloni man. (x2)

Ko’zlaring yalt etdiyu
Qalbimni nurga chulg’adi,
Oftobda ko’rgan edim
Bunchalar ziyoni man.

Oftobda ko’rgan edim
Bunchalar ziyoni man.

Shu qarog’lar otashida
Bor vujudim yonadur, (x2)
Ko’zlaringdan kutmagandim
Bunchalar jazoni man. (x2)

Ko’rmadim hech bir chamanda
Sen kabi ra’noni man,
Zulfi tol-tol, so’zlari bol,
Ko’zlari shahloni man. (x2)

Ishq seni devona qilgay deb
Achinmang, do’stlarim, (x2)
Mayli ko’rsam ushbu yo’lda
Turfa xil savdoni man. (x2)

Ko’rmadim hech bir chamanda
Sen kabi ra’noni man,
Zulfi tol-tol, so’zlari bol,
Ko’zlari shahloni man. (2x)

Ko’zlari shahloni man,
Yuzlari zeboni man…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ko’rmadim
Xonanda:
Ulug'bek Rahmatullaev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 17, 2013