Ulug'bek Rahmatullaev - Ko'zlaringga qarab qo'shiq matni, lyrics

Ulug'bek Rahmatullaev

Ko’zlaringga qarab

(Ko`zlaringga qarab, jonim…
Tushunarmi kimdir holim…
Aytay deyman dard-u zorim…
Ko`zlaringga qarab, jonim…)

Qo`llarimda mani gullar,
Poyingga lek qo`yolmayman.
O`rtamizda kuydi dillar,
Bundan ortiq kuyolmayman.
O`tsa hamki qancha yillar
Xayolingga to`yolmayman.

Gullar mayli so`lsa so`lsin,
Sen so`lmagin, gulim aslo.
Yurar yo`ling gulga to`lsin,
Poyingga rang sochsin dunyo.
Baxting ham oq gulday kulsin,
Men ishqingda zor tanho.

Ko`zlaringga qarab, jonim,
Seni tashlab ketolmayman.
Tushunarmi kimdir holim –
Endi senga yetolmayman.
Aytay deyman dard-u zorim,
Bu ishni ham qilolmayman.

Ko`zlaringga qarab, jonim,
Seni tashlab ketolmayman.
Tushunarmi birov holim –
Endi senga yetolmayman.
Aytay deyman dard-u zorim,
Bu ishni ham qilolmayman.

Begonaman endi senga,
Yoningda qololmayman.
Ololmaysan dardni yenga,
Men ham darding ololmayman.
Armon bo`lding, jonim nega?
Qo`lingga qo`l sololmayman.

Gullar mayli so`lsa so`lsin,
Sen so`lmagin, gulim aslo.
Yurar yo`ling gulga to`lsin,
Poyingga rang sochsin dunyo.
Baxting ham oq gulday kulsin,
Men ishqingda zor tanho.

Ko`zlaringga qarab, jonim,
Seni tashlab ketolmayman.
Tushunarmi kimdir holim –
Endi senga yetolmayman.
Aytay deyman dard-u zorim,
Bu ishni ham qilolmayman.

Ko`zlaringga qarab, jonim,
Seni tashlab ketolmayman.
Tushunarmi birov holim –
Endi senga yetolmayman.
Aytay deyman dard-u zorim,
Bu ishni ham qilolmayman.

(Ko`zlaringga qarab, jonim…
Tushunarmi kimdir holim…
Aytay deyman dard-u zorim…)

Ko`zlaringga qarab, jonim,
Seni tashlab ketolmayman.
Tushunarmi kimdir holim –
Endi senga yetolmayman.
Aytay deyman dard-u zorim,
Bu ishni ham qilolmayman.

Ko`zlaringga qarab, jonim,
Seni tashlab ketolmayman.
Tushunarmi birov holim –
Endi senga yetolmayman.
Aytay deyman dard-u zorim,
Bu ishni ham qilolmayman.

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ko’zlaringga qarab
Xonanda:
Ulug'bek Rahmatullaev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 18, 2017