Yangrar dilim qo’shig’i,
Menman gulim oshig’i,
Edim muxabbat hastasi,
Nafasim dard guldastasi, oshiqman.

Sho’x eding, beg’am edim,
Dard eding alam edim,
Kuyingda men sado edim,
Ko’yingda men ado edim.

Layloyimsan, daryoyimsan,
Orzuyimda ro’yoyimsan.
Yuragim sof xavosi sen,
Oshufta qalb navosi sen.
Men oshig’ing, majnuningman,
Ham umrbod maftuningman.

Majnunu Layli bexabar,
Kezadurman, oh darbadar,
Mastu, parishonu, xarob,
Har orzuim bo’lib sarob,
Shoyatki, oxir-oqibat
Tiriltirsa bas muxabbat.

Bo’lib ishq ovorasi,
Sevgidan qalbim porasi,
Eding saodat shodasi,
Beg’ubor kongil bodasi, oshiqman.

Moh eding, osmon edim,
Gul eding, bo’ston edim,
Kuyingda men sado edim,
Ko’yingda men ado edim.

Layloyimsan, daryoyimsan,
Orzuyimda ro’yoyimsan.
Yuragim sof xavosi sen,
Oshufta qalb navosi sen.
Men oshig’ing, majnuningman,
Ham umrbod maftuningman.

Majnunu Layli bexabar,
Kezadurman, oh darbadar,
Mastu, parishonu, xarob,
Har orzuim bo’lib sarob,
Shoyatki, oxir-oqibat
Tiriltirsa bas muxabbat.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Layloyimsan
Xonanda:
Ulug'bek Rahmatullaev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 17, 2013