Meni kechir, xato qildim, meni kechir,
Seni baxtdan judo qildim, meni kechir.
Kirib qoldim xiyonatning ko’chasiga,
Or-nomusni savdo qildim, meni kechir. (x2)

Dilda endi umid yo’q bir dastagina,
Yurakkinam yig’lar endi astagina,
Bosh ko’tarib yurolmaysan endi mendek,
Xastagina gulim mening, xastagina.

Yurar bo’lsam, kutar meni xazon yo’llar,
Yolg’on yo’llar, gumon yo’llar, arzon yo’llar.
Nima qilay, nima qilay, nima qilay?
Pushaymonlar yuragimni g’ajiyverar.

Yig’lamagin, chidaymiz-da, taqdir endi,
Mendan ko’ra senga ko’proq og’ir endi.
Baxtsiz qolding nahotki, sen meni o’ylab?
Yongin endi, dod sol endi, hayqir endi!

Meni kechir, xato qildim, meni kechir,
Seni baxtdan judo qildim, meni kechir.
Kirib qoldim xiyonatning ko’chasiga,
Or-nomusni savdo qildim, meni kechir.

Meni kechir, xato qildim, meni kechir…
Kirib qoldim xiyonatning ko’chasiga…

Meni kechir, xato qildim, meni kechir,
Qiynayverib ado qildim, meni kechir.
Bergan eding menga oppoq ko’nglingni sen,
Yuzlaringni qaro qildim, meni kechir.

Meni kechir, xato qildim, meni kechir…
(Kechir…)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Meni kechir
Xonanda:
Ulug'bek Rahmatullaev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 14, 2014