• Ulug'bek Rahmatullayev - Mubtalo bo'ldim sango

    Ulug'bek Rahmatullaev

    Mubtalo bo’ldim sango

    Ko`rgali husningni zoru, mubtalo bo`ldim sango,
    Ne balolig` kun edikim, oshno bo`ldim sango. (x2)

    Har necha dedimki, kun – kundin uzay sendin ko`ngil, {x2}
    Vahki, kun – kundin battarak, mubtalo bo`ldim sango. {x2}

    Ko`rgali husningni zoru, mubtalo bo`ldim sango,
    Ne balolig` kun edikim, oshno bo`ldim sango.

    Men qachon dedim vafo qilg`il, manga zulm aylading, {x2}
    Sen qachon deding “fido bo`lg`il mango”, bo`ldim sango. {x2}

    Ko`rgali husningni zoru, mubtalo bo`ldim sango,
    Ne balolig` kun edikim, oshno bo`ldim sango.

    Qay pari paykarga dersen, telba bo`ldung bu sifat, {x2}
    Ey, pari paykar, ne qilsang qil mango, bo`ldim sango. {x2}

    Ko`rgali husningni zoru, mubtalo bo`ldim sango,
    Ne balolig` kun edikim, oshno bo`ldim sango. (x2)

    (Ey ko`ngil, tarki nasihat ayladim, ovora bo`l,
    Yuz balo yetmaski, men ham bir balo bo`ldim sango.
    Jomi jam ichra Xizr suyi nasibimdur mudom,
    Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo`ldim sango.

    G`ussa changidin navoe, topmadim ushshoq aro,
    To Navoiydek asiru, benavo bo`ldim sango.)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.