[Ulug’bek Rahmatullayev]
Hoy singlim, farg`onalik singlim-ey, omon yor,
Saning shirin so`zingdan-ey, omon yor.

[Gulsanam Mamazoitova]
Jon akam, toshkanlik akam-ey, omon yor,
Sizning shirin so`zingizdan-ey, omon yor-ey.

[Ulug’bek Rahmatullayev]
Hililla yorim uyg`onsin, hililla yor, hililla, {x2}
Sochlari belga chulg`onsin-ey, hililla yor, hililla. {x2}

[Gulsanam Mamazoitova]
Ro`molim uchdi-ketdi, hililla yor, hililla, {x2}
[Ulug’bek Rahmatullayev]
Daryoning shamoliga, hililla yor, hililla. {x2}

[Gulsanam Mamazoitova]
Ro`molimni ber baqqa, hililla yor, hililla, {x2}
[Ulug’bek Rahmatullayev]
Hazilingni qo`y aqqa-ey, hililla yor, hililla. {x2}

[Ulug’bek Rahmatullayev]
Sochingni qaro deydilar,
Qora soch singlim yor-yor,
Sumbul soch singlim yor-yor.
Ko`rsat sochingni men bir ko`ray,
Jonim, singlim-a yor-yor.

Ko`rsat sochingni man bir ko`ray,
Jonim, singlim-ey yor-yor.

[Gulsanam Mamazoitova]
Sochimni ko`rib nima qilasiz,
Siz akajonim, yor-yor,
Yana akajonim, yor-yor?
Suv bo`yida majnuntolni
Ko`rmabmidingiz, yor-yor?

Suv bo`yida majnuntolni
Ko`rmabmidingiz, yor-yor?

[Ulug’bek Rahmatullayev]
Yuzingizni qizil deydilar,
Qizil yuz singlim, yor-yor,
Hey, qizil yuz singlim-a, yor-yor.
Ko`rsat yuzingni man bir ko`ray,
Jonim, singlim-ey, yor-yor.

Ko`rsat yuzingni man bir ko`ray,
Jonim, singlim-ey, yor-yor.

[Gulsanam Mamazoitova]
Yuzimni ko`rib nima qilasiz,
Siz akajonim, yor-yor,
Yana akajonim, yor-yor?
Bozorlarda shirmoy nonni
Ko`rmabmidingiz, yor-yor?

Bozorlarda shirmoy nonni
Ko`rmabmidingiz, yor-yor?

[Ulug’bek Rahmatullayev]
Bozorlarda shirmoy nonni
Ko`rgan edim-a, yor-yor?
[Gulsanam Mamazoitova]
Bozorlarda shirmoy nonni
Ko`rmabmidingiz, yor-yor?

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Omon yor
Xonanda:
Gulsanam Mamazoitova, Ulug'bek Rahmatullaev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 28, 2016