Ulug'bek Rahmatullaev - Onajonim rahmat

Ulug'bek Rahmatullaev

Onajonim rahmat

Onajonim rahmat sizga,
Yemay yedirdingiz meni,
Otajonim rahmat sizga,
Kiymay kiydirdingiz meni.

Onajonim rahmat sizga,
Bosh egaman poyingizga,
Otajonim rahmat sizga,
Shunday baxt berdingiz bizga.

Yorug’ kunlar keldi mana,
Baxtim butun, bag’rim butun.
Bergan tarbiyangiz sabab
Hamma mendan rozi bugun.

Yorug’ kunlar keldi mana,
Hech nimadan kamimiz yo’q.
Yurak to’la orzular bor,
Lek yurakda g’amimiz yo’q.

Onajonim rahmat sizga,
Yemay yedirdingiz meni,
Otajonim rahmat sizga,
Kiymay kiydirdingiz meni.

Onajonim rahmat sizga,
Bosh egaman poyingizga,
Otajonim rahmat sizga,
Shunday baxt berdingiz bizga.

Ortiqcha pul davlat emas,
Sizday ota-onamiz bor.
Boshqa narsa kerak emas,
Eng katta boylikdir diydor.

Hech qachon kasal bo’lmanglar,
Shuni so’rarman har doim.
Baxtimizga sog’ bo’linglar,
Shuni tilar mening ko’nglim.

Onajonim rahmat sizga,
Yemay yedirdingiz meni,
Otajonim rahmat sizga,
Kiymay kiydirdingiz meni.

Onajonim rahmat sizga,
Bosh egaman poyingizga,
Otajonim rahmat sizga,
Shunday baxt berdingiz bizga.

Onajonim rahmat sizga.
Otajonim rahmat sizga.

Onajonim rahmat sizga,
Yemay yedirdingiz meni,
Otajonim rahmat sizga,
Kiymay kiydirdingiz meni.

Onajonim rahmat sizga,
Bosh egaman poyingizga,
Otajonim rahmat sizga,
Shunday baxt berdingiz bizga.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Onajonim rahmat
Xonanda:
Ulug'bek Rahmatullaev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 16, 2014