Tunlari chirog`im,
Kunduzi quyoshim,
Siz borsiz, behuda
To`kilmas yoshim. (x2)

Mehringiz oldida egarman boshim,
Mehriga minnatlar qo`shmagan onam,
Otam ardog`idan tushmagan onam.

Dil bergan do`st ba’zan dildosh bo`lolmas,
Jon tikib, joningga jondosh bo`lolmas.
Hech kimsa siz kabi sirdosh bo`lolmas,
Umrini umrimga to`shagan onam,
Otam ardog`idan tushmagan onam.

Onam, onam, onam,
Mehribon onam.
Bir umr bolam deb
Yashagan onam, xokisor onam.

Ko`zimdan dardlarim anglaganimsiz,
Yurakdan gaplarim tinglaganimsiz, (x2)
Men deya halovat bilmaganimsiz,
Bolam deb, bolam deb, yashagan onam,
Otam ardog`idan tushmagan onam.

Onam, onam, onam,
Mehribon onam.
Bir umr bolam deb
Yashagan onam, xokisor onam.

Boladay yashardim ulg`aygan sari,
Ey mehri mukarram, umrim gavhari.
Vaqt o`tib, ko`zlari jim qarashlari
Tobora buvimga o`xshagan onam,
Otam ardog`idan tushmagan onam.

Onam, onam, onam,
Mehribon onam.
Bir umr bolam deb
Yashagan onam, xokisor onam.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Onam (2017)
Xonanda:
Ulug'bek Rahmatullaev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 28, 2017