• Sochlarimda oqlar ko`rindi,
    Qadringizni bilyapman, ota.
    Endi bildim, endi bilindi,
    Sizga o`xshab boryapman, ota. (x2)

    Ey, mehri ko`p, rizqi halolim,
    Jonimga jon, mo`min kulolim.
    Mening baxtim, mening iqbolim,
    Sizga o`xshab boryapman, ota.

    Ota, ota, ota,
    Sizga o`xshab boryapman, ota.
    Ota, ota, ota, ota,
    Sizga o`xshab boryapman, ota.

    Ro`zg`orim deb jonim ovora,
    O`zimga vaqt topilmas zora.
    Fursat o`tib endi tobora
    Sizga o`xshab boryapman, ota.

    Birin topsam, yana birim kam,
    Quvonch kelsa, ortida alam.
    Xuddi sizdek nigohlarim ham,
    Sizga o`xshab boryapman, ota.

    Ota, ota, ota,
    Sizga o`xshab boryapman, ota.
    Ota, ota, ota, ota,
    Sizga o`xshab boryapman, ota.

    Dunyo degan goh ostin-ustun,
    Bormi bunda yuragi butun?
    Yillar o`tib, angladim bugun:
    Sizga o`xshab boryapman, ota.

    Sochlarimda oqlar ko`rindi,
    Qadringizni bilyapman, ota.
    Endi bildim, endi bilindi,
    Sizga o`xshab boryapman, ota.

    Ota, ota, ota,
    Sizga o`xshab boryapman, ota.
    Ota, ota, ota, ota,
    Sizga o`xshab boryapman, ota.

    Sizga o`xshab boryapman, ota,
    Sizga o`xshab qoldim-ku, ota.