• Ulug'bek Rahmatullayev - Ota qo'shiq matni, lyrics

    Ulug'bek Rahmatullaev

    Ota (Nigohlarim sizga o’xshaydi)

    Otam sim qoqadi tanish fursatda,
    Tanish so`zlarini yana aytadi.
    Betoqat ohangda javobim yangrar:
    “Yosh bola emasman, bo`ldi yetadi!”

    Xayolim qo`shiqda, yana kimdadir,
    Do`stlarim keladi, maqtab ketadi.
    Yarim tun shoshmayin uyga qaytaman,
    Otam hamon meni bedor kutadi.

    Nigohlarim sizga o`xshaydi, ota,
    Siz bir panoh, qaddi raso yuraman.
    Mayli tanbeh bering, faqat ishoning –
    Sizni indamasdan yaxshi ko`raman. (x2)

    Menga peshvoz chiqmas ba’zan kutganim,
    Ana sog`inganim befarq o`tadi.
    Tanish xatolarni yashirmam balki,
    Otam dardlarini ichga yutadi.

    Xayolim qo`shiqda, yana kimdadir,
    Do`stlarim keladi, maqtab ketadi.
    Yarim tun shoshmayin uyga qaytaman,
    Otam hamon meni bedor kutadi.

    Nigohlarim sizga o`xshaydi, ota,
    Siz bir panoh, qaddi raso yuraman.
    Mayli tanbeh bering, faqat ishoning –
    Sizni indamasdan yaxshi ko`raman. (x2+x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.