• Yurak bugun to`lib-toshib kuylasin,
    She’r yozgan qalamlar aslo sinmasin.
    Sayragan qushlarning sasi tinmasin,
    Yurt uchun ko`ksini aylagan qalqon,
    El o`g`li, yer o`g`li, oddiy bir o`g`lon.

    Ota-onasining duosin olib,
    Farzandi rasmini kissaga solib,
    Tongda ham, tunda ham xizmatga shoshib,
    Yurtiga ko`ksini aylagan qalqon,
    El o`g`li, yer o`g`li, oddiy bir o`g`lon.

    Sharaf, mansab, olqishlar kerak emas,
    Gar dushmanni yanchmasa, unday bilak – bilakmas.
    Tinchlik uchun, Vatan uchun bu yurak-bag`ri qalqon,
    El o`g`li, oddiy bir o`g`lon.

    Siz tunda uxlaysiz ko`rib shirin tush,
    Tongni qarshi olib kulgich ila xush.
    Shunday osmonlar bor, ucha olmas qush,
    Tinchlik uchun bag`rin aylagan qalqon,
    Bizning o`g`lonimiz – oddiy bir o`g`lon!

    Sharaf, mansab, olqishlar kerak emas,
    Gar dushmanni yanchmasa, unday bilak – bilakmas.
    Tinchlik uchun, Vatan uchun bu yurak-bag`ri qalqon,
    El o`g`li, oddiy bir o`g`lon. (x1+x1)

    Tinchlik uchun, Vatan uchun bu yurak-bag`ri qalqon,
    El o`g`li, oddiy bir o`g`lon!

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.