Ko`zlari munchoq–munchoq
Erkatoy qizimning.
U bilan mani ko`nglim chog`,
Ovunchim o`zimning.

So`zlari dona-dona,
Misli bulbul sayrar.
Atrofimda parvona,
U bilan dilim yayrar.

Ona qizim, oymomo qizim,
Desam doim shirin kulsa.
Asta kelib, silar yuzim,
Netay endi shirin bo`lsa?! (x2)

Aylanib-aylanib o`ynasa qizim,
Aylanib-aylanib to`ymasa qizim,
Jajjigina qo`li qo`limdan ushlab,
Mani o`z holimga qo`ymaydi qizim. (x2)

Har lahza ko`rsa, ko`zim quvnar,
Kulgichlaring yanoqlaringda.
Menga qarasa, sezar qalbim
Mehringni nigohlaringda.

Yuzlari yorug`, quyosh yuzim,
Kunduzi nurim, chirog`im.
Mani xazinam, marjon durim,
Ko`zim nuri, qizalog`im.

Ona qizim, oymomo qizim,
Desam doim shirin kulsa.
Asta kelib, silar yuzim,
Netay endi shirin bo`lsa?! (x2)

Aylanib-aylanib o`ynasa qizim,
Aylanib-aylanib to`ymasa qizim,
Jajjigina qo`li qo`limdan ushlab,
Mani o`z holimga qo`ymaydi qizim. (x2+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qizim
Xonanda:
Ulug'bek Rahmatullaev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 22, 2018