Balki seni men yuragimdan
Sevolmasman sen kutganingdek,
Ishon, sensiz qalbim yolg`iz,
Taqdir ishlariga aqlim ojiz.

Hayot hamon sinayverar,
Bu ne dardki, qiynayverar?
Ishon, sensiz qalbim yolg`iz,
Taqdir ishlariga aqlim ojiz.

Bu shirin orzu, bu shirin tuyg`u,
Bersa ham goh azob, achchiq qayg`u. (x2)

Balki sevging men ko`zlaringdan,
Aytilgan har bir so`zlaringdan
Anglolmaganman u damlar,
Iltimos, meni yana qaytar.

O`sha eng baxtli kunlarimga,
Yashasam sen bilan yuragimda.
Anglolmaganman u damlar,
Iltimos, meni yana qaytar.

Bu shirin orzu, bu shirin tuyg`u,
Bersa ham goh azob, achchiq qayg`u. (x2+x4)

Bu shirin orzu…

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Shirin orzu
Xonanda:
Ulug'bek Rahmatullaev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 28, 2017