• Ulug'bek Rahmatullayev - Vatan bilan bo'l

    Ulug'bek Rahmatullaev

    Vatan bilan bo’l

    Ayro tushar bo`lsa iymon va imkon,
    Ikkiga bo`linib bo`lsa bu jahon,
    Qilichlar tagida cho`chisa-da jon,
    Vatan bilan bo`l, Vatan bilan bo`l,
    Vatan bilan bo`lgin sen, Vatan bilan bo`l!

    Dilingdan, tilingdan ayirsalar ham,
    Boshingga solsa ham ming bitta alam,
    Hatto kesilsa-da qilich va qalam,
    Vatan bilan bo`lgin, Vatan bilan bo`l,
    Vatan bilan bo`lgin sen, Vatan bilan bo`l!

    Vatan bilan bo`l, Vatan bilan bo`l,
    Vatan bilan bo`l sen, Vatan bilan. (x2)

    Poyingga to`ksa ham oltin bilan zar,
    Hattoki tiz choksin ming bitta shahar,
    Yurt uchun haq yo`lda ichgin-da zahar,
    Vatan bilan bo`lgin, Vatan bilan bo`l,
    Vatan bilan bo`lgin sen, Vatan bilan bo`l!

    Vatan bilan bo`l, Vatan bilan bo`l,
    Vatan bilan bo`l sen, Vatan bilan. (x2)

    Ustozdan boshqasi o`rgatmasin so`z,
    Ogoh bo`l, qaroni ko`rsin qaro ko`z,
    O`zga yurt kafanga bermas hatto bo`z,
    Vatan bilan bo`lgin sen, Vatan bilan bo`l,
    Vatan bilan bo`lgin sen, Vatan bilan.

    Vatan bilan bo`l, Vatan bilan bo`l,
    Vatan bilan bo`l sen, Vatan bilan. (x2)