• Ko`zlaring xayolimdan ketmaydi,
    Yolg`izlik meni sensiz qiynaydi.
    Sog`indim, seni sog`indim,
    Juda ham sog`indim.

    Sen kelaqol,
    Shimoliy tomonlardan,
    Yirolardan kelaqol. (kelaqol)
    Seni kutaman,
    Ko`zlarim termulib,
    Vafodor bo`lib kutaman. (kutaman)

    Vaslingni ko`rish uchun
    Jonimni ham beraman.

    Yomg`irlar yog`ar tinmay,
    Seni eslatar.
    Ko`z yoshlaringday
    Tomchi tomchilar. (x2)

    Ko`zlaringda yoshlar tomchilardi,
    Seni so`nggi bor ko`rganimda men.
    Talpinadi, ko`nglim sog`inadi,
    Juda ham shoshadi.

    Yurak intizor,
    Seni yana bir bor ko`rishga
    Hamon intizor. (intizor)
    Seni kutaman,
    Ko`zlarim termulib,
    Vafodor bo`lib kutaman. (kutaman)

    Vaslingni ko`rish uchun
    Jonimni ham beraman.

    Yomg`irlar yog`ar tinmay,
    Seni eslatar.
    Ko`z yoshlaringday
    Tomchi tomchilar. (x2+x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.