Senda xayolim, sen so`zi bolim,
Jonim, shirin so`zlaring sog`indim.
Olisga ketsang, mani zor etsang,
Har dam rasmingga qarab ovundim.

Ketmagin olis, qoldirma yo`lg`iz,
Jonim, birga bo`lgin har onimda.
Sensan hayotim, sensan qanotim,
Bilgin, ketma olis, bo`l yonimda.

Yonimda, bo`lgin doimo yonimda,
Yonimda hamisha kulgin,
Baxtingni bilgin yonimda.

Ayt nima bo`ldi, ayt nima bo`ldi,
Jonim ayt, nega ko`zlaring ma’yus?
Kim xafa qildi, qalbingni tildi?
Mayli, kelsin men bilan yuzma-yuz.

Ayt nega jimsan, sen yolg`izimsan,
Jonim, yoningda men o`zim borman.
Bitta tabassum, kul, mayli bir zum,
Jonim, kulgularingga xumorman.

Yonimda, bo`lgin doimo yonimda,
Yonimda hamisha kulgin,
Baxtingni bilgin yonimda. (x1+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yonimda
Xonanda:
Ulug'bek Rahmatullaev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 6, 2017