• Ulug'bek Rahmatullayev - Yoshlik qaytmaydi

    Ulug'bek Rahmatullaev

    Yoshlik qaytmaydi

    Qishda mayin qorlarga qarayman,
    Muzlagan daryolarga o’xshayman,
    Bahorda g’unchalarga qarayman,
    Maftun bo’lib yoshlikni qo’msayman.

    Qaytar qish, bahorlar, yozu kuzlar,
    Lekin yoshlik qaytmas ekan, do’stlar.
    Fasllar chiroyidan izlayman,
    Beg’am o’tgan damlarni eslayman. (x2)

    Yozda taftli quyoshga qarayman,
    Shamolsiz dengizlarga o’xshayman,
    Kuzning yomg’irlarini tinglayman,
    Uchib ketgan yillarni sanayman.

    Qaytar qish, bahorlar, yozu kuzlar,
    Lekin yoshlik qaytmas ekan, do’stlar.
    Fasllar chiroyidan izlayman,
    Beg’am o’tgan damlarni eslayman. (x4)

    Fasllar chiroyidan izlayman,
    Beg’am o’tgan damlarni eslayman.