Sendan yiroq kezaman yo`llarda,
Xayolim esa doimo yoningda.
Sog`inch to`la ko`zimda,
Yuragim sening qo`lingda,
Sendan yiroq kezaman yo`llarda…

Yulduzim, osmonim, quyosh nurlarisan
Sen men uchun, men uchun.
Go`zalim, asalim, jonginam,
Bo`lgin faqat men uchun, men uchun.

Qalbimda bo`shlik sezaman men sensiz,
Dunyoning bag`ri bo`ladi tor sensiz.
Senga bog`landim yorim,
Butun umrimga, jonim,
Qalbimda bo`shliq sezaman men sensiz…

Yulduzim, osmonim, quyosh nurlarisan
Sen men uchun, men uchun.
Go`zalim, asalim, jonginam,
Bo`lgin faqat men uchun, men uchun.

Sen bo`lgin yonimda,
Butun umrimga. (x2)

Yulduzim, osmonim, quyosh nurlari
Sensan men uchun.
Go`zalim, asalim, jonginam,
Bo`lgin faqat men uchun, men uchun.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yulduzim
Xonanda:
Ulug'bek Rahmatullaev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 27, 2017