Hijron ko`mar yo`limni,
Tunga o`xshar kunduzlar.
Sog`inchimga bir guvoh
Osmondagi yulduzlar.

Seni bir zum ko`rmasam,
Yurakda g`am darbadar.
Dilimda hamon isming,
Uyg`onganda har sahar.

Yurak, bedor yurak,
Azoblari bekor yurak.
Faqat senga talpinar
Ishq dardida bemor yurak. (x2)

Ma’nosi yo`q bu so`zlar,
Sen bo`lmasang yonimda.
Kulolmaydi bu ko`zlar,
Orom bo`lmas jonimda.

Hijronlar qiynar qalbim,
Sensiz azob bir dasta.
Azobga yetmas sabrim,
Xasta yuragim, xasta.

Yurak, bedor yurak,
Azoblari bekor yurak.
Faqat senga talpinar
Ishq dardida bemor yurak. (x2+x2)

Yurak…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yurak (2017)
Xonanda:
Ulug'bek Rahmatullaev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 21, 2017