• Mehr-muruvvatmi ismi ayolning,
    Yoki sabru toqat, matonatmikan?
    Yuragida cheksiz muhabbat bilan
    Yashar dilin tirnab tursa ham tikan. (x2)

    Ayolning ko’zlari dengizga o’xshar,
    Tubsiz o’z domiga tortar nigohi.
    Ayol faqat farzandlarim deb yashar,
    Ular kamoli deb nola-yu ohi.

    Ayol, ayol, ayol, mo’jiza ayol,
    Ayol, ayol, ayol, mo’jiza ayol.

    Gulday nozikkina vujudi bilan
    Qancha iztirobga kelar basma-bas,
    Baxtin kutar orzu umidi bilan,
    Bardoshiga tog’lar qilgaydir havas.

    Mo’jiza izlamang dunyodan bo’lak,
    Bir bor tinglang ajib, shirin har so’zi.
    Taftidan eriydi muzlagan yurak,
    Axir mo’jizaku ayolning o’zi.

    Ayol, ayol, ayol, mo’jiza ayol,
    Ayol, ayol, ayol, mo’jiza ayol. (x2)