Umar Shamsiyev - Yolg'on

Umar Shamsiyev

Yolg’on

Bildim endi shuncha bergan va’dalar yolg’on ekan,
Ko’nglingizni o’zgalar o’z ko’ngliga olg’on ekan. (x2)

Men ko’ngil berdim, u ham menga ko’ngil berdi desam,
Ayriliq o’z xanjarin ko’ksimga o’qtalg’on ekan. (x2)

Yolg’on, yolg’on ekan, va’dalar yolg’on ekan,
Ko’nglingizni o’zgalar o’z ko’ngliga olg’on ekan. (x2)

Yosh ekanman, bilmaganman va’dalarning oxirin,
Bevafolikka kishilar o’rganib qolg’on ekan.

Yosh ekanman, bilmaganman va’dalarning oxirin,
Bevafolikka ul go’zal o’rganib qolg’on ekan.

Oqibat mehru muhabbat zarra ta’sir etmadi,
Shum raqiblar yorni beshak yo’ldan ozdirg’on ekan.

Yolg’on, yolg’on ekan, va’dalar yolg’on ekan,
Ko’nglingizni o’zgalar o’z ko’ngliga olg’on ekan. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yolg’on
Xonanda:
Umar Shamsiyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 17, 2015