Men uchun muqaddasdir cho`ling ham, ko`ling ham,
Muqaddasdir yo`lda yotgan har bir oddiy tosh.
Farovonsan, betakrorsan ona Vatanim,
Yuksaksan, nurlisan o`zing misoli quyosh.

Ona yurtim muqaddassan barchaga birdek,
O`n sakkiz ming olam aro yakka-yagona.
Bebahodir oddiy toshing gavharu durdek,
E’zozlagum seni bir umr bo`lib parvona. (x2)

Qayga bormay sog`inaman, o`rtanar yurak,
Yashay olmayman bir zum o`zga yurtlarda.
Topolmadim g`amxo`rni o`zingdan bo`lak,
Ishondim, mehribon xalqim o`zga ellardan.

Ona yurtim muqaddassan barchaga birdek,
O`n sakkiz ming olam aro yakka-yagona.
Bebahodir oddiy toshing gavharu durdek,
E’zozlagum seni bir umr bo`lib parvona. (x2)

Oltinga teng tuprog`ingdan solgan tumorim,
Qaylarga bormay tushmagay bo`ynimdan zinhor.
Vatanim sog`inib, oshganida xumorim,
Ko`zlarimga surtaman men tumorim ming bor.

Ona yurtim muqaddassan barchaga birdek,
O`n sakkiz ming olam aro yakka-yagona.
Bebahodir oddiy toshing gavharu durdek,
E’zozlagum seni bir umr bo`lib parvona. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yurtim
Xonanda:
Umar Shamsiyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 12, 2016