Muzliklarga aylandi qalbim,
Xazonlardek to’kildi sabrim,
Nahot shunchalar bo’ldi qadrim?
Visolingdan ayrilib qoldim. (x2)

Yodingdami yoqqan o’sha qor,
Tuyg’ularim aylab ixtiyor?
Beg’ubor pok sevgimiz
Esiz qaytarolmaymiz.

Erigan muzliklar ko’z yoshimday,
To’kilgan xazonlar bardoshimday,
Mayli, qadrimga achinib yig’lay,
Jamolingga intizor yashay. (x2)
Yashay…

Sensiz yashayman yolg’iz, tanholikda men,
Visol istagi cheksiz, sezib yasha sen.
Yulduzi yo’q osmonday, oy kabi dog’larim bor,
Suvsiz qolgan sahroday ko’lmakka zorlarim bor.

Yodingdami yoqqan o’sha qor,
Tuyg’ularim aylab ixtiyor?
Beg’ubor pok sevgimiz
Esiz qaytarolmaymiz.

Erigan muzliklar ko’z yoshimday,
To’kilgan xazonlar bardoshimday,
Mayli, qadrimga achinib yig’lay,
Jamolingga intizor yashay. (x4)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Muzliklar
Xonanda:
Umida Mirhamidova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 3, 2015