Umida Mirhamidova - Sayrang bulbulim

Umida Mirhamidova

Sayrang bulbulim

Sayrang bulbulim, sayrang,
Shu gulning shoxi sinsin.
Yorim ketoman, deydi,
Ayrilib ko’ngli tinsin. (x2)

Bu sening rozingmi, aytgin,
Yoki qildimmi xato?
Shuncha o’zgardingmi, jonim,
Dilginangni tosh etib?

Yori ketganlarni ko’rdim,
Ketgani afsusdalar.
Chin muhabbat yengadir,
Bir parchasin bardosh etib.

Sayrang bulbulim, sayrang,
Shu gulning shoxi sinsin.
Yorim ketoman, deydi,
Ayrilib ko’ngli tinsin. (x2)

Bo’ldilarmi beqaror yo
Bor umiding qushlari?
Deydilarkim, tezda bo’lmas
Dil qushin yuvosh etib.

Ketma, jonim, bunchalar tez,
Dil ko’zini yosh etib.
O’z dilingni bir boqishda
Qo’ymagin sen fosh etib.

Sayrang bulbulim, sayrang,
Shu gulning shoxi sinsin.
Yorim ketoman, deydi,
Ayrilib ko’ngli tinsin. (x5)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sayrang bulbulim
Xonanda:
Umida Mirhamidova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 27, 2015