Umidaxon - Ana endi qo'shiq matni, lyrics

Umidaxon

Ana endi

Kuta-kuta yo`lingda ko`zlarim qoldi,
Alam yuta sog`inch guli so`lib qoldi.
Mendan so`ramading hattoki bir hol,
Seni poylab, nahot ketgan umrim bo`ldi uvol?

Seni qara, u yon bu yon, har tomonda surating,
Xazon, to`zon kabi to`kiladi dardlar.
Hayron xayol, nega yetoldi jur’ating
Tuban ketishga bu tubsizlikka?
Ammo-ammo o`zgarib ketibsan,
Rosa ezilibsan, yor.

Ana endi boraver, yuraver o`zgalar bag`rida,
Mana endi qolaver, bo`laver o`shalar oldida. (x2)

Nega-nega deya, yura-yuraging tig`lama,
Alam yuta tunlari bedor o`ksinib eslama.
Sen ham qachonlardir meni axir shu holda qoldirgansan,
Qaytar dunyo qaytib kelganda.

Endida u yon bu yon ham ko`z yoshni surating,
Xazon to`zon kabi uchirdimi dardlar?
Armon yomon, yana eziladi yuraging,
Nega ketding, san mani tark etding san?
Ayon-ayon shundoq ko`zlaringdan,
Rosa sog`inibsan, yor, ayon.

Ana endi boraver, yuraver o`zgalar bag`rida,
Mana endi qolaver, bo`laver o`shalar oldida.
Qanday endi o`ylamay, uyalmay kelding mani yonimga?
Ana endi ketaver, boraver o`shalar oldiga.

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ana endi
Xonanda:
Umidaxon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 30, 2018