• Umidaxon - O'zbekiston

    Umidaxon

    O’zbekiston

    Xizmatingga bel bog`lamoq oliy bir sharaf,
    Bobolarim bor buyuk, nasli oliy nasab.
    Dunyoga bo`y cho`zgan jannatim manim,
    Tirikman hech kimga bermayman sani.

    Johillar yo`l olsa gar sening tomon,
    Johilga yomonman, Vatanga qalqon.
    Yurtim aylanay o`zingdan seni,
    Dunyoga alishmas bolang bil meni.

    O`zbekiston, tarixing ustun kelajakka,
    O`zbekiston kundan-kun bo`y cho`zadi ko`kka.
    O`zbekiston – Alloh bergan ne’matim mani,
    Sajdagoh kabi muqaddas Vatanim mani.

    Yetarmidik bu kunga sarbonimiz bo`lmasa?
    Toparmidik halovat xalqim ahil bo`lmasa?
    Shukurkim, mustaqil o`zbegimsan manim,
    Fidodir jon birla sen uchun tanim.

    O`zbekiston, tarixing ustun kelajakka,
    O`zbekiston kundan-kun bo`y cho`zadi ko`kka.
    O`zbekiston – Alloh bergan ne’matim mani,
    Sajdagoh kabi muqaddas Vatanim mani.

    O`zbekiston…